«Telegram» kanal

Tuman IIB boshlig‘i 3-sektor hududidagi fermerlar bilan qishloq xo‘jaligi borasida uchrashuv o‘tkazdi

13:08, 17.02.24
8

Fermerlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv 3-sektor hududi Shakarjo‘y MFYda o‘tkazildi.Uchrashuvda tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Otabek Raximov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-205-sonli Farmoni mazmun mohiyati keng tushuntirilib o‘tildi.

Shuningdek, 2024 yil paxta-g‘alla hosildorligini oshirish uchun avvalo bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga soz holga keltirish borasida taklif va tavsiyalar ilgari surildi.