«Telegram» kanal

Dehqonobod tumani Oila va xotin qizlar boʻlimi tomonidan "Yangi Oʻzbekiston - maʼrifatli jamiyat” shiori ostida tadbir oʻtkazildi

09:47, 24.01.24
25

Tadbirda Dehqonobod tumani hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari Mehri Yoʻldasheva, Xalq deputatlari tuman Kengashi mudiri Nodira Boynazarova, tuman tibbiyot birlashmasi akusher ginekolog Halovat Esanova ishtirok etdi. Tadbirni bayramona kayfiyatda oʻtkazish maqsadida tadbir dasturiga tumandagi mahalliy sanʼatkorlar, mahallalardagi xotin qizlar faollari "Barkamol avlod" bolalar maktablari, Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining badiiy guruhlari ishtirok etdi 

Shuningdek, tadbirga mahalla, tashkilot va korxonalardan xotin-qizlar, mamlakatimizda oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi olib borilayotgan islohotlar natijasida hayoti ijobiy tomonga oʻzgargan xotin-qizlar, ijodkor qizlar, davlat mukofotini olgan ayollar, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat tizimidagi fidoyi  yozuvchi va shoiralar taklif etildi