«Telegram» kanal

Xotin-qizlar faollari Abul Muin Nasafiy ziyoratgohida bo’lishdi

20:21, 22.02.24
19

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G’ulomov tashabbusi bilan tumanda faoliyat yuritayotgan 40 nafar xotin-qizlar faollari Islom ilmining buyuk namoyandalaridan biri, ko‘plab ilmiy asarlar muallifi Abul Muin Nasafiy ziyoratgohini ziyorat qilishdi.
       Prezidentimizning 2017 yil 24-25-fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog'idagi tashabbuslari bilan kalom ilmi bo'yicha taniqli olim Abul Muin Nasafiy tarixiy majmuasini qayta ta'mirlanib, uning negizida kutubxona va muzey tashkil etildi.

Hokim o’rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Zamira Mamanazarova boshchiligidagi xodimlar 2,1 gektar maydonni egallagan tarixiy obida hududidagi 500 o'rinli masjid, kutubxona, muzey, ma'muriy bino va boshqa inshootlar bilan yaqindan tanishdilar.
    Tadbir buyuk bobokalonimizning Islom dini sofligini saqlash, aqidaparastlikka qarshi kurashishga qaratilgan ko‘plab ilmiy asarlari mazmun-mohiyatini xotin-qizlarimizga yetkazish maqsadida tashkil etildi.