«Telegram» kanal

Oila muqaddas dargoh

09:40, 25.01.24
9

Dehqonobod tumanidagi Oqirtma mahallasida besh oydan beri ota uyida yashab kelayotgan ayolning oilaviy masalasi joyiga borib o‘rganildi.
Muhokamada tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldashova, mahalla va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, ijtimoiy xodim hamda mahalla faollari ishtirok etishdi. Besh oydan beri ajrim yoqasiga kelib qolgan oilaga o‘rtada ko‘z qorachig‘idek farzandlari borligi, shuningdek eru xotin o‘rtasidagi munosabatlarga darz ketishi oqibatda oilaning buzilishiga sabab bo‘lishi batafsil tushuntirildi.

Qilingan sa’yi harakatlar besamar ketmadi. Maslahat va hamjihatlikda qilingan tadbir natijasida oila yarashtirildi. Yarashtiruv so‘ngida shu yerning o‘zida targ‘ibot ishlari olib borilib, tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.