«Telegram» kanal

Dehqonobod tumani IIB JXX boshlig'ining hisoboti eshitildi

10:27, 15.01.24
13

    Tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi Kengashi yig‘ilishida inoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2023 yil yakunidagi faoliyati muhokama qilindi. Kengash yig‘ilishida Xalq deputatlari Dehqonobod tuman kengashi deputatlari, mahalla raislari va tashkilot rahbarlari ishtirokida Dehqonobod tumani IIB boshlig'i o'rinbosari, jamoat xavfsizlik xizmati boshlig'i Ural Umirovning hisoboti tinglandi. 


Hisobotda jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilindi va bu boradagi ishlar ijobiy baholandi.