«Telegram» kanal

Dehqonobodda tanqidiy va tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

11:31, 17.02.24
9

Dehqonobod tumanida viloyat prokurorining o‘rinbosari Otabek Qo‘ldoshev, tuman prokurori Otabek Usanovlar tomonidan davlat dasturlari asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining bajarilishi yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida tanqidiy va tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda davlat dasturlari asosida qayta ta’mirlanayotgan ijtimoiy soha ob’ektlari hamda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida yangidan qurilayotgan ob’ektlarda amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli muhokama etildi.
    Muhokama so‘ngida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, ishlarning sifati va haqqoniyligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirib, sifatsiz ish va qo‘shib yozish holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rib borilishi yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.