«Telegram» kanal

Dehqonobod tumani hokimiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

12:03, 14.02.24
8

Bugun Dehqonobod tumani hokimligi majlislar zalida Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish  va ma’naviy-ma’rifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Anvar Qobilov hamda tuman hokimi Akrom Sulaymonov boshchiligidagi sektor rahbarlari va tuman tashkilot rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.  Yigʻilishda tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Shu kunga qadar tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Baxtiyor Berdiyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan bajarib kelayotgan lavozimidan ozod etildi.

Shu kunga qadar “Oqrabot” mahallasi hokim yordamchisi lavozimida faoliyat olib borayotgan Boʻtaev Zafar Xolmoʻminovich Dehqonobod tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shu bilan birgalikda Dehqonobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish  va ma’naviy-ma’rifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Omonov Bahodir Kenjayevich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Mahmudov Sardor Dehqonobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.