«Telegram» kanal

Dehqonobod tumani hokimining tegishli buyrug‘i bilan Normurodov Elyor Xaliqulovich Dehqonobod tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari etib tayinlandi.

12:18, 10.02.24
7

Elyor Normurodov 1991-yil Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tugʼilgan bo'lib, 2011-2015–yillar oralig'ida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Dehqonobod tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan.
     Dehqonobod tumani hokimligi jamoasi Normurodov Elyor Xaliqulovichni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.