«Telegram» kanal

Nishonda Navro‘z bayrami arafasida Davlat xususiy sherikchilik asosida  oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ish boshladi

11:04, 20.03.24
5

Navro‘z bayrami arafasida Nishon tumani 3-sektor hududiga qarashli "Istiqbol" mahallasida YATT "Xabibullayev Kamolxon Xabibullayevich" nomli Davlat xususiy sherikchilik asosida 50 o‘rinli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z ishini boshladi.

Ta’lim tashkilotining ochilishida Maktagacha va maktab bo‘limi boshlig'i B.Davlanov, mahalla raisi, hokim yordamchisi hamda mahalla ahli va ota-onalar ishtirok etib, bolajonlar quvonchiga sherik bo‘lishdi."Yurtimizda biz kabi tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatdan foydalangan holda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etdim. Buning uchun eng avvalo yurtboshimizga katta rahmat aytaman". —deydi tadbirkor Xabibullayev Kamolxon