«Telegram» kanal

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nishon tumanida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

20:20, 10.02.24
12

Nishon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 4P-89 "Qarshi Talimarjon" yoʻlining 20-22km oralig'ida Nishon mahallasi hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekish ishlari boshlab yuborildi.

Nishon tumani hokimi Botir Tog'ayev hamda tuman IIB boshligʻi Shuhrat Iskandarovlar tumandagi Nishon mahallasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida manzarali ko‘chatlar ekishga o‘z hissasini qo‘shdi. Ma'lumot oʻrnida Nishon tumanida yashil maydonlarni ko‘paytirish maqsad qilingan. Loyiha doirasida mahallalarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar belgilangan