«Telegram» kanal

Kasbidagi Kadastr filiali arxivida saqlanayotgan 46 mingdan ziyod ko‘chmas mulk hujjatlari raqamlashtirildi

12:10, 05.03.24
6

Hozirgi kunda Davlat kadastrlari palatasi Kasbi tuman filiali arxivida 47 000 dan ziyod ko‘chmas mulklarning kadastr hujjatlari saqlanmoqda.Ularning 44 mingdan ziyodi turar joy hujjatlari bo‘lsa, 3 mingdan ziyodi noturar joylarning kadastr hujjatlaridir.

Bugungi kunda filialdagi ko‘chmas mulkka oid 46 mingdan ortiq qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlar arxiv bazasiga kiritilib, hujjatlarning elektron ko‘rinishga o‘tishi ta’minlandi.Shuningdek, saqlovda bo‘lgan hujjatlardagi kamchiliklarni aniqlash va bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruh tuzilgan.Hozirgacha  mas’ullar tomonidan 4 mingdan ziyod hujjatlar qayta o‘rganib chiqildi.