«Telegram» kanal

Bemorlar holidan xabar olindi

12:06, 05.03.24
7

Bugun yurtimizda olib borilayotgan jarayonlar o‘zgacha. Muammolar bartaraf etilmoqda, mehrga muhtojlarga saxovat qo‘llari uzatilib, bemorlarning hol-ahvoli so‘ralmoqda. Hech kim eʼtibordan chetda emasligi amaliy ko‘rsatib berilmoqda.

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Obod Neko‘z mahallasida yashovchi, ko'p yillardan buyon og'ir xastaliklardan aziyat chekayotgan bemorlar holidan xabar olindi hamda bepul dori vositalari bilan ta'minlandi. Bu kabi xayrli ishlar jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlik, ahillik, hamjihatlik, tinchlik va totuvlik, odamiylik, ezgulik va saxovat muhitini tobora mustahkamlashga xizmat qilishi aniq!