«Telegram» kanal

Ehtiyojmandlar holidan xabar olindi

10:46, 18.03.24
11

Bugun yurtimizda olib borilayotgan jarayonlar o‘zgacha. Muammolar bartaraf etilmoqda, mehrga muhtojlarga saxovat qo‘llari uzatilib, bemorlarning hol-ahvoli so‘ralmoqda. Hech kim eʼtibordan chetda emasligi amaliy ko‘rsatib berilmoqda.“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Obod Neko‘z mahallasida yashovchi, ko'p yillardan buyon xastaliklardan aziyat chekayotgan bemorlar hamda ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi. Bu kabi xayrli ishlar jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlik, ahillik, hamjihatlik, tinchlik va totuvlik, odamiylik, ezgulik va saxovat muhitini tobora mustahkamlashga xizmat qilishi aniq!