«Telegram» kanal

Xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi

12:03, 06.03.24
6

Bugun 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Kasbi tumani "Madaniyat markazi"da tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimi o'rinbosari B.Eshonqulov ta'lim sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi.Taʼkidlanganidek, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos boʻlib keladi. Tadbirda Mamlakatimizda ham ayollarning jamiyatimizdagi oʻrni, mavqeyi oshib borayotganligiga alohida urgʻu berildi.

Tantanali tadbirning badiiy qismi avvalida ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan ayol xodimlarga ta'lim ravnaqi yoʻlida qilayotgan mehnatlari va yosh-avlodga berayotgan bilimlari uchun faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari  topshirildi. Bayramona tadbir goʻzal kuy-qoʻshiqlar va raqslar bilan davom etdi.