«Telegram» kanal

Obodonlashtirish boshqarmasida ishlayotgan xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi

12:26, 07.03.24
7

Bugungi kunda Qarshi shahar Obodonlashtirish boshqarmasida 350 nafardan ortiq xotin-qizlar ishlab kelmoqda. 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qarshi shahri hokimligi tomonidan obodonlashtirish sohasida ishlayotgan opa-singillar uchun "Diydor shirin" to‘yxonasida bayram tadbiri tashkil etildi.  

Bayram tadbirida shahar hokimi Normo‘min Xolboyev yig‘ilganlarni nafosat va go‘zallik bayrami – 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrikladi. Shahrimizni toza va ozoda saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, "Yashil makon" loyihasini amalga oshirish ishlariga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan fidoyi opa-singillar mehnati munosib e’tirof etildi.Tadbirda viloyatimizning taniqli san’atkorlari, "Shuhrat" medali sohiblari Umrzoq Quvvatov, Almamat Sharipov, Shuhrat Dillayev va Toshkent shahridan tashrif buyurgan estrada xonandasi, "Nihol" mukofoti sovrindori Shahnoza Otaboyeva hamda shahar Madaniyat bo‘limi sozandalari o‘zlarining dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan bayram dasturiga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.