«Telegram» kanal

Tuman hokimi ishtirokida qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

11:38, 11.03.24
5

Yig‘ilishda tuman hokimi To'xtamurod Meyliyev va sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Yig'ilishda g‘alla parvarishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, chigit ekishni jadallashtirish hamda pilla yetishtirish kabi masalalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, yig‘ilishda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, xususan, yillik ekin, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.Yig'ilish so'ngida, Farg'ona viloyati Quva tumanidan tumanimizga 300 ming dona terak ko'chatlari hamda mahalliy tut plantatsiyalaridan 400 ming dona tut ko'chatlari olib kelinganligi qayd etilib, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida fermerlarga ushbu ko'chatlarni dala chetlariga ekish vazifasi topshirildi.