«Telegram» kanal

“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

11:46, 12.03.24
7

“Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida Qashqadaryo viloyat qurilish va uy-joy kommunal sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 350 ga yaqin ko‘chat o‘tqazildi.Xususan, Qarshi shahar “Xontepa” MFYda joylashgan va “Turis Pirosfer” MChJ tomonidan qurib bitkazilgan ko‘p qavatli turar-joy binolari hududida 120 dona manzarali, 23 dona mevali hamda o‘nlab gul ko‘chatlari ekildi.
 Shaharning “Navo” mahallasida “Agromir buildings” MChJ tomonidan qurilgan ko‘p qavatli turar-joy binolari hududida ham 100 dona manzarali ko‘chatlar, “Istiqlol” MFY hududida “Ekspress temir beton servis” MChJ tomonidan barpo qilingan turar-joy binolari yon atrofiga 50 dona manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.Shuningdek, inspeksiya xodimlari tomonidan Qarshi shahar “Zaxomikaron” MFYda “Bekzod maxsus qurilish” MChJ tomonidan qurib bitkazilgan ko‘p qavatli turar-joy binolari hududida esa 50 dona manzarali ko‘chatlari ekildi.