«Telegram» kanal

Hashar yurtga obodlik, ehtiyojmand oilalarga saxovat nurini sochmoqda

11:12, 16.03.24
10

Kasbi tumanida "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan bayramona kayfiyatda o‘tkazilmoqda.Erta tongdan mahallalar hududi, ko‘cha va xiyobonlar, tashkilot, korxona va muassasalar, ko‘p qavatli uy-joylar atrofida boshlangan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda. Xususan, Oqtepa mahallasida olib borilayotgan xayriya hasharida ham mahalla ahli birdamlikda faollik ko‘rsatishmoqda.