«Telegram» kanal

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki”

10:54, 17.03.24
5

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Aslida-ku, bunaqa ishlar bog‘bon yoki farroshlardan ortmaydi. Biroq hashar — milliy qadriyatlarmizning ajramas bo‘lagi. Bunda mehr-oqibat, o‘zgalar taqdiriga daxldorlik kabi tuyg‘ular mujassamki, buni har kim — u kim bo‘lishidan qat’i nazar — tanasida his qilmog‘i kerak.Ana shunday ezgulikni diliga tukkan qashqadaryoliklar ham o‘zgacha shijoat bilan hashar ishlariga bel bog‘lashdi. Tuman va shaharlarda ishlar qizg‘in tarzda olib borilmoqda.