«Telegram» kanal

Xayriya hashari "Yashil makon" umummilliy loyihasi bilan hamohang olib borilmoqda

11:08, 16.03.24
9

Kasbi tumani bo'ylab "Obod va fayzli mahalla-yurt ko'rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari  o'tkazilmoqda. Shu munosabat bilan, joylarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yashil bog'lar yaratish ishlari ham olib borilmoqda.Kasbi tumani prokuraturasi xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 200 tup mevali daraxt ko'chatlari ekildi.