«Telegram» kanal

Yurtimiz bo‘ylab “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

11:56, 10.03.24
5

Ochilish marosimida respublikamizning 14 ta hududi va 208 ta tuman (shahar)lari bir vaqtda online ishtirok etib, unda mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berildi. 

Qarshi shahrida joylashgan “Sport olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi maneji”da o‘tgan ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimining maslahatchisi Shuhrat Tursunov, Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Sultonov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Abror Axmedov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Vahob Ro‘ziyev sportchi yoshlarni qutlab, ularni musobaqalarda yuqori o‘rinlarni egallashlari uchun omad tilashdi.Tadbirda yosh xonandalar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.