«Telegram» kanal

Kitob tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida joriy mavsum sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi

10:20, 21.02.24
9

Mahalla yoshlari o’rtasida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berilmoqda.Shu munosabat bilan Kitob tumanida mazkur tadbirlarni saviyali va belgilangan tartibda o‘tkazish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Unda sport maktablari rahbarlari,  maktab direktorlari o‘rinbosarlari, mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda  tuman hokimining o‘rinbosari Oybek Sharopov tomonidan mazkur joriy mavsum olimpiadasi doirasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha taqdimot ham o‘tkazildi. Ma'lumot o‘rnida, loyiha doirasida madaniyat va san’at, sport musobaqalari, IT, kitobxonlik, “Zakovat” intellektual o’yini, “Ibrat” chet tillari, kasb tanlovlari, shuningdek nogironligi bo’lgan yoshlar uchun “Paralimpiya” sport o’yinlari joy olgan.