«Telegram» kanal

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Yakkabogʻda bayram dasturi tashkil etildi

11:02, 07.03.24
8

Ayollarni eʼzozlash, ularga ehtirom koʻrsatish oʻzbek xalqiga xos muqaddas qadriyatlardan hisoblanadi. Mamlakatimizda ayollarning davlat va jamiyat qurilishidagi faolligini oshirish, mavqeini yuksaltirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, mehnatini ragʻbatlantirishga qaratilayotgan ishlar bunga yaqqol misol boʻla oladi.Bugun Yakkabogʻ tumanida 8 mart - Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram dasturi tashkil etildi.

Bayram dasturi avvalida Yakkabogʻ hokimi Lutfiddin Abdullayev bugungi quvonchli ayyomda hayotimiz quvonchi, xonadonlarimiz koʻrki boʻlmish aziz onalarimiz hamda ayollarimiz shaʼniga eng goʻzal tilaklarini izhor etib, ayol siymosi yaratganning tengsiz moʻjizasi boʻlishi va hamisha shunday boʻlib qolishini taʼkidladi.Shundan soʻng xushovoz xonandalar tomonidan aytilgan kuy-qoʻshiqlar davraga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.