«Telegram» kanal

Prokuror sektorida muhokama uchrashuvi o‘tkazilib, faollar taqdirlandi

10:28, 08.03.24
6

Mirishkor tumani prokurori ishtirokida 2023 yilda 2-sektor hududida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, 2024 yilda belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan tahliliy muhokama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Dastlab, tuman prokurori – 2-sektor rahbari Sardor Nazarov mahalla xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot o‘qidi.Shundan so‘ng, o‘z sohasida yuqori natijalarni qayd mahalla xodimlariga qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnomalar topshirildi.

Qolaversa, sinovli damlarda el dardiga darmon bo‘lib, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, farovonlikka qaratilgan tashabbuslar va jamoat xizmatlariga qo‘shgan beminnat hissa qo‘shgan saxovatpesha homiy va hududida atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududni kengaytirish, ekologik vaziyatni yaxshilashda faollik ko‘rsatganlar taqdirlanishdi.Shuningdek, 8-mart – “Xotin-qizlar kuni” munosabati bilan 2-sektorda faoliyat yurituvchi barcha xotin-qizlarga bayram sovg‘alari topshirildi.