«Telegram» kanal

"Navoiyni anglash – ma‘naviyatni anglashdir!" mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi

12:28, 09.02.24
6

Ulug‘ bobokalonimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi Koson tumanida ham nishonlanmoqda. Bugun sana munosabati bilan "Navoiyni anglash – ma‘naviyatni anglashdir!" mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tumandagi mavjud umumta‘lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari, ma‘naviyatchilar va ota-onalar qatnashdilar.Tadbir buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning g‘azal va ruboiylari bilan boshlandi. Navoiy ijodining betakror jihatlari, yuksak insoniy fazilatlari xususida qiziqarli bahs-munozaralar ham bo‘lib o‘tdi.