«Telegram» kanal

Kosonlik ayollar har sohada faol

14:37, 06.03.24
11

Koson tumani xotin-qizlari bugungi kunda tadbirkorlikning turli yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatib, daromad topmoqdalar.Tumanning “Nartibaland” mahallasida yashovchi  Dilafro‘z Abdullayeva ham 26 yildan buyon gulchilik bilan shug‘ullanadi va buning ortidan 10 ga yaqin xotin-qizlarni mavsumiy ish bilan band qilmoqda.

Hozirda qahramonimizning o‘z hovlisidagi 4 sotixli issiqxonada 150 xildan ko‘proq gul ko‘chatlari parvarishlanadi va bu gullar tuman, viloyat markazidagi bozorlarda sotiladi.