«Telegram» kanal

Mahallada ochilgan tikuvchilik korxonasida ish qizg‘in

14:35, 06.03.24
13

Koson tumani “Arabxona” mahallasining bo‘sh turgan xonasida yaqinda "Gulshan- Farzona" oilaviy korxonasi va tikuvchilik o‘quv sinfxonasi tashkil qilingandi. Hozirda ushbu maskanda 25 nafar xotin-qizlar hunar o‘rganib, ish bilan band bo‘ldi.

Ayni kunlarda kichik korxonada bahorgi va yozgi kiyimlarni tikish ishlari qizg‘in. Xaridorlar ham kun sayin ortib bormoqda. Muhimi, mahalla xotin-qizlari kasbli bo‘ldi. Mehnati ortidan daromad topib, o‘z oilasi byudjetiga hissa qo‘shishmoqda.