«Telegram» kanal

Koson tumanida amaliy-seminar boʻlib oʻtdi

09:37, 29.02.24
9

   Yoshlarning erta turmush qurishi oqibatida oilada mavjud boʻladigan muammolar yechimini toʻgʻri va maqsadli hal etishda qiynaladilar. Farzandlar tarbiyasida tajribasizliklari sababli muammolar yuzaga keladi. Oqibatda oʻz tengdoshlari kabi hayot goʻzalligidan toʻliq bahramand boʻla olmaydilar.

   Erta turmush va erta tugʻruqni oldini olish maqsadida Respublika ishchi guruhi a'zolari, "Oila va gender tengligi" ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimlari Safoyeva Ra'no Jalolovna va Rustamov Jahongir Ikramovich hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Manzura Ochilova tomonidan Koson tuman hokimligi faollar zalida amaliy-seminar tashkil etildi.Seminarda tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Koson tuman boʻlinmasi, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamda Tibbiyot birlashmasi mas'ullari, mahalla xotin-qizlar faollari, maktab direktorlari, psixologlar va tuman faollari ishtirok etdi.