«Telegram» kanal

Kitoblik xalqaro olimpiada g`olibi munosib e`tirof etildi

11:27, 16.01.24
6

Xabaringiz bor, joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog`istonning Olmaota shahrida matematika, fizika va informatika fani bo`yicha 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo`lib o`tdi. Unda 16 davlatdan 700 dan ortiq o`quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

✨Quvonarli jihati, mazkur olimpiadada matematika fanidan Kitob tumani 96-maktabning 11-sinf o`quvchisi  Madina Suyunova munosib ishtirok etib, faxrli 1-o`rinni egalladi.


Shu munosabat bilan bugun tuman hokimligida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Uktam Pardayev ishtirok etib, chempionni qolaversa, uning ustozi Baxtiyor Abdiyev va ota-onalarini mazkur yutuq bilan qizg`in tabrikladi hamda ularga viloyatimiz hokimining tashakkurnoma hamda esdalik sovg`alarini topshirdi.