«Telegram» kanal

Kasbida mahallani qoʻllab - quvvatlash boʻyicha tuman kengashining tashkiliy yigʻilishi o‘tkazildi

09:26, 12.01.24
8

Bugun, 12-yanvar kuni Kasbi tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi To'xtamurod Meyliyev boshchiligida mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tuman kengashining tashkiliy yigʻilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda sektor rahbarlari, kengash a'zolari, mahalla raislari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Xususan, tuman kengashining tashkiliy yigʻilishi doirasida muhtaram Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida mahalla tizimi xodimlari zimmasiga yuklanayotgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.