«Telegram» kanal

«Bolalarga mehr ulashib...»

08:29, 04.01.24
5

Kasbi tumanidagi Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida tuman hokimligi tomonidan o‘zgalar parvarishi va yordamiga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolalar holidan xabar olindi hamda bolajonlarga yangi yil sovg‘alari tarqatildi.
  — Nogironligi bo‘lgan bolalarga xuddi boshqa tengqurlari kabi teng imkoniyat va sharoit yaratish, ularning barcha huquqlarini ta’minlash davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishidir, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari B.Eshonqulov.

Bugun yurtimizda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani, imkoniyati cheklangan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etishning yangicha tizimi takomillashtirib borilayotgani so‘zimiz tasdig‘idir