«Telegram» kanal

Xayrli tashabbus, hayrat va hayajonga hamohang lahzalar

08:10, 02.03.24
21

Xalqimiz o‘gitlarida insonlarga qo‘limiz bilan yaxshilik qila olmasak, shirin so‘zimiz, mehr-u-muhabbatimiz ila himmat ko‘rsatishimizda ham ulkan ezgulik, savob borligi ta’kidlanadi.Kasbi tumani hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kasbi tumanidagi xalq qabulxonasi tashabbusi bilan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Obod Neko‘z mahallasidagi xotin-qizlar uchun  tashkil etilgan viloyat musiqali drama teatridagi bepul spektakl namoyishi bayram oldidan chinakam ma’naviy tuhfa bo‘ldi.

Teatr hayot ko‘zgusi, muqaddas dargoh sanaladi. Uning tarbiyaga yo‘g‘rilgan saboqlari esa kishilarni odamiylikka chorlab turaveradi. O‘zbek teatr asoschilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy ta’biri bilan aytganda, “Teatr ibratxonadir”.