«Telegram» kanal

Kitob tumanida birinchi yopiq bolalar o`yingohi ochildi

09:57, 22.03.24
12

Bayram kunlarida Kitob tumani bolajonlari va ularning ota-onalari uchun yaxshi yangilikka qo`l urildi. Mahalliy tadbirkorlar tomonidan tuman markazidagi bo`sh turgan binolardan birida "Kinder kids" nomli birinchi yopiq bolalar o`yingohi ish boshladi. Tantanali ochilish marosimida tuman nuroniylari hamda bir guruh ota-onalar va ularning jajji farzandlari ishtirok etishdi. Shu kuni o`yingohning ilk tashrif buyuruvchilariga bepul shirinliklar ulashilib,bu yerda mazza qilib xordiq chiqarish imkoni berildi.Eslatib o`tamiz, ushbu o`yingoh tuman markazidagi Istirohat bog`i ro`parasida joylashgan.