«Telegram» kanal

Korealik investor Kasbida avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish biznesiga sarmoya kiritish imkoniyatlarini o'rganmoqda

11:33, 12.03.24
5

Kasbi tumani hokimi To'xtamurod Meyliyev Janubiy Koreaning yirik xususiy sarmoyadorlaridan biri - Kim Kyoung Gun bilan uchrashdi.Uchrashuv davomida tumandagi yoshlarga koreys tilini o'rgatish orqali Janubiy Koreaning Oliy o'quv yurtlariga tahsil olishlarida hamda ishsiz aholining bandligini ta'minlashga ko'maklashish masalalari muhokama qilindi.

Korealik tadbirkorga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish bo'yicha islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida to'liq ma'lumot berildi.Kim Kyoung Gun Kasbi tumanida avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish hamda yirik trikotaj fabrikasi loyihalarini ishga tushirish taklifini bildirdi.  Muzokaralar yakunida tomonlar bildirilgan takliflarni hayotga tatbiq etish masalalarini muhokama qilish uchun alohida uchrashuv tashkil etish to'g'risida kelishib olishdi.