«Telegram» kanal

Hashar - ezgu qadriyat!

10:58, 16.03.24
9

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo'lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bo’lgan–umumxalq hashari Navro’z umumxalq bayrami oldidan yurtimizda ko’tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. O'zida poklik, insoniylik kabi ezgu jihatlarni mujassam etgan hashar tadbirlari "Hazrati Sulton Mir Haydar ota" ziyoratgohida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Erta tongdan Favqulotda vaziyatlar Kasbi tuman bo'limi tomonidan ziyoratgoh atrofi hamda uning hovlisida obodonlashtirish, tozalash ishlari boshlab yuborildi.Hashar davomida уerlarni chopish, daraxtlarga shakl berish, daraxtlarni oqlash, supurish, chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish ishlari amalga oshirildi.