«Telegram» kanal

Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ham “Yashil makon” loyihasiga o‘z hissasini qo‘shmoqda

11:31, 14.03.24
8

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu ezgu tashabbus Qarshi shahrida ham keng quloch yoyib, "Yashil makon" umummilliy loyihasiga shahrimizdagi har bir tashkilot sidqidildan o‘z hissasini qo‘shmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "Yashil makon" tadbirida Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ham faol ishtirok etib, Qarshi shahrining Otchopar mahallasi hududidan o‘tuvchi "Qarshi-Shahrisabz" yo‘li chetiga 100 tup manzarali va 500 tup mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazmoqda.