«Telegram» kanal

Sektor rahbari va yoshlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

11:30, 24.02.24
7

Mirishkor tumani IIB boshlig‘i – 3-sektor rahbari podpolkovnik G‘ayrat Haydarov rahbarligida Pomuq shaharchasidagi 11-sonli “Yangi kelajak” madaniyat markazida madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda otaliqqa biriktirilgan “Bahoriston” MFY yoshlari, boy hayotiy tajribaga ega nuroniylar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.Tadbir so‘ngida iqtidorli yoshlarning chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.