«Telegram» kanal

Kitob taqdimoti

12:45, 05.02.24
7

Koson tumanida iqtidorli yoshlar, ijodkorlar, ona tili va adabiyot fani   o‘qituvchilari  ishtirokida  Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan “O‘zbek tilini rivojlantirish” jamg‘armasi tomonidan chop etilgan 6 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati”, “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek xalq so‘zlari”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “O‘zbekiston joy nomlari”, “O‘zbek tilining shakllanish va rivojlanish tarixi”, “Kimyo atamalarining izohli lug‘ati” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat hokimining maslahatchisi  Z.Aminova mazkur kitoblar keng xalq ommasi uchun kerakli ekanligini, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilini o‘rganuvchilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lishini ta‘kidladi.