«Telegram» kanal

"Mahallamizni Yashil makonga aylantiramiz!"

12:21, 11.02.24
7

Bugun Koson tumanida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Koson tumani bo‘limi tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Mahallamizni yashil makonga aylantiramiz" shiori asosida tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda tumandagi 78 ta mahalla raislari va jamoatchilik ishtirok etdi va 50 ming dona daraxt ko‘chatlarini xarid qilinib, ekish ishlari boshlab yuborildi.Ma'lum bo‘lishicha, mazkur tadbirda bodom, o‘rik, olma va boshqa mevali daraxt ko‘chatlari xarid qilingan. Bu daraxtlar aholi xonadonlari va ko‘chalarga ekiladi.