«Telegram» kanal

Mahkumlar bilan profilaktika suhbat o‘tkazildi

11:14, 27.02.24
5

Mirishkor tuman IIB JXX probatsiya nazorat ostida turgan mahkumlar bilan Qashqadaryo viloyati IIB JXX probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik S. Sharopov, Mirishkor tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandligiga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i S.Gulliyev va Mirishkor tuman yoshlar ishlari bo‘limi hamda Mirishkor tuman bosh imom xatibi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020 yil 14-fevral kunidagi VM-84-sonli qaroriga asosan nazorat ostida turgan mahkumlar bilan profilaktika suhbat o‘tkazilib kelgusida takroriy jinoyat qilmasligi to‘g‘risida rasmiy ravishda ogohlantirildi.

Shuningdek, IIO xodimlari o‘rtasida ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilganda yoki moddiy manfaatdorlik (pora) talab qilsa IIV SHXBB va probatsiya bo‘limi boshlig‘ining ishonch telefon raqamlarga xabar berishligi to‘g‘risida aytib tushuntirib o‘tdi.