«Telegram» kanal

Koson tumani hokimi xotin-qizlarimizni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi

09:30, 08.03.24
6

Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev barcha munis va mo‘tabar ayollarimiz, opa-singllarimiz hamda onajonlarimizga tabrik yo‘lladi. "Aziz va mo‘tabar ayollarimiz, onajonlarimiz va xotin-qizlarimizni bugungi ayyom bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va oilaviy xotirjamlik tilayman. Shu o‘rinda, ayollarimiz haqida so‘z ketar ekan, ularning jamiyatimiz rivojida qo‘shayotgan hissalarini alohida e'tirof etish zarur. Xotin-qizlarimiz barcha sohalarda o‘z mehnatlari va tafakkurlari tufayli bugun katta natijalarga erishmoqda. Ham oila, ham ishni o‘z vaqtida bajarib, matonatli, sabrli ekanliklarini namoyon qilishmoqda. Biz erkaklar esa ularni asrashimiz, har doim qadrlashni unutmasligimiz lozim. Yana bir bor barchangizga bugungi bayram muborak bo‘lsin", — deyiladi tuman hokimining bayram tabrigida.