«Telegram» kanal

Jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi

09:02, 08.01.24
5

   Kasbi tumani hokimligi rahbariyati tomonidan Kasbi tumani iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va bu orada amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.Tadbirda dastlab Kasbi tumani hokimining o'rinbosari - investitsiya, sanoat va savdo bo'limi boshlig'i Javohir Jabborov tumanda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda investorlarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berib o'tdi.

    Xususan, tumanda 2023 yil yakuni bilan 7 ta loyiha hisobiga 52,5 mln. AQSH dollarilik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilganligi ta'kidlandi. Bundan tashqari, joriy yilda, umumiy qiymati 60,0 mln. AQSH dollarilik 4 ta yirik loyihalarni amalga oshirish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o'zlashtirish reja qilinmoqda.


Anjumanda jurnalist va blogerlarning savollariga atroflicha javob qaytarildi.