«Telegram» kanal

Kasbidagi "Obod neko'z" mahallasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi

07:48, 01.03.24
23

Kasbi tumanining “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan “Obod neko'z” mahallasida yashovchi fuqarolar uchun tuman hokimligi hamda tuman prokuraturasi tashabbusi bilan bir guruh soha vakillari ya'ni akusher ginekolog, terapevt, pediatr, nevrolog va psixiatr, teri-tanosil hamda ko‘z kasalliklarining yuqori malakali shifokorlari ishtirokidagi zarur bo‘lgan instrumental UTT, EKG va laborator tekshiruvlar asosida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik natijalari asosida aniqlangan birlamchi kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish uchun shifokorlar tomonidan kerakli va zarur bo'lgan tavsiyalar berib o‘tildi.